Music Video

Ozodbek Nazarbekov - Bolam dema Vatanim meni | Озодбек - Болам дема Ватаним мени (music version)
Watch Ozodbek Nazarbekov - Bolam dema Vatanim meni | Озодбек - Болам дема Ватаним мени (music version) on YouTube

Featured In

Credits

PERFORMING ARTISTS
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov
Lyrics
Bobur Gazali
Bobur Gazali
Lyrics
Nodir Umarov
Nodir Umarov
Composer

Lyrics

Nega chaman istamas yantoq
Sahrosidan kelmaydi beri?
Axir qo'msar yongan shu ovloq
Ne qilsa ham uning vatani.
Shu bir yantoqchalik bo'lmasam
Bolam dema vatanim meni.
Beshigimsan allalar aytgan
Eshigimsan kuzatib kutgan.
Har bahordan avaylab-asrab
Erkalatib, kaftida tutgan.
Xizmatingda turmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Faxrim mening – "Shoshmaqom"laring
"Chorgoh"laring, "Sarahbor"laring.
Savlatiga dunyo bosh egkan
Samarqand-u Buxorolaring.
Tarixingni bilmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Xizmatingda turmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Buyuk safar boshlading mana
Har qadamda qilding tantana.
Farzandlarin boshin silagan
Sendayin yurt ko'rmadim yana.
Dilbandlarin boshin silagan
Sendayin yurt ko'rmadim yana.
Agar qadring bilmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Xizmatingda turmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Written by: Bobur Gazali, Nodir Umarov, Ozodbek Nazarbekov
instagramSharePathic_arrow_out