Music Video

Ozodbek Nazarbekov - Xafa bo'laman | Озодбек Назарбеков - Хафа буламан (music version)
Watch Ozodbek Nazarbekov - Xafa bo'laman | Озодбек Назарбеков - Хафа буламан (music version) on YouTube

Featured In

Credits

PERFORMING ARTISTS
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov
Composer

Lyrics

Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Bir jilmayib, bir kulmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Osmonimda yulduzimsan,
Ko'zda nurim, kunduzimsam.
Sen ranjisang, men o'zimdan
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Yuragimni tirnar gumon,
Shubha dilni chaqar ilon.
Gar kelmasang, sendan yomon
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Dildan dardim o'chirolmay,
Baxt sharobin ichirolmay,
O'zimni ham kechirolmay,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Hali izlab kelasanku,
Oshiq qalbim sezasanku,
Yana o'zing bilasanku,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Bir jilmayib bir kulmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo'laman.
Written by: Dilshod Ahmadsho, Ozodbek Nazarbekov
instagramSharePathic_arrow_out