Music Video

Featured In

Credits

PERFORMING ARTISTS
AbroBey
AbroBey
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Yevgeniy Voyshev
Yevgeniy Voyshev
Composer
Abror Tursunniyozov
Abror Tursunniyozov
Lyrics

Lyrics

"O'zimman yomon
O'zimman aybdor"
Deyish — uyat, or
Doim sabab bor
Hammada ayb bor
Bandasi gunohkor
"O'zimman yomon
O'zimman aybdor"
Deyish — uyat, or
Doim sabab bor
Tushunamiz, bilamiz: beayb — Parvardigor
Lekin o'sha ayblaringning oz-ko'p me'yori bor
Tayyorman har doim qiyin vaqtda aldagani
O'zim ham bilaman aldaganda qiynalganim
Ichimdan sezaman vijdonimga yengilganim
Ba'zida qo'rqaman, balki, shudir yiqilganim?
Uyimdan chiqaman rejalarni bajargani
Fahsh domiga tortadi, unutaman rejalarni
Tez tugasaydi kun, tunni kutaman yashagani
Vijdonimning ovozini tutun bilan o'chirgani
Bu poyga — men o'ynagan poyga
Pichoqsiz so'ygan
Ertakmas, bor gap
Isbot bor so'ralgan joyiga
Orqasi bor beg'ubor
Qog'ozga xumor
Iblis qurgan bozor
Olovga navbat qator-qator
U sotadi, biz olamiz
Hammamiz xaridor
Atrof to'la ayyor
Bugun ming xil turda qimor
Tugamasdi ertalabgacha jumboqli savollarim
Faqat yomon xayollarim, yorug' kunni ko'rolmadim
Qaniydi kelsa uyqu, shu zahot uxlab qolardim
Halovatni bersa kreditga, shuniyam olardim
Yolg'izlik tuyiladi juda uzoq
Abadiymas, hammasi o'tib ketadi
Hayot barchaga qo'yadi tuzoq
Aylanib o'tmasang, yutib ketadi
"O'zimman yomon
O'zimman aybdor"
Deyish — uyat, or
Doim sabab bor
Hammada ayb bor
Bandasi gunohkor
"O'zimman yomon
O'zimman aybdor"
Deyish — uyat, or
Doim sabab bor
Tushunamiz, bilamiz: beayb — Parvardigor
Lekin o'sha ayblaringning oz-ko'p me'yori bor
To'g'ri, kimdir qiynalmagan
U saroyda sinalmagan
Muhokama qilma
Satrlarim senga atalmagan
Menga baho berma
Senga bunga ruxsat berilmagan
Yig'ishtir xom xayollarni — ayamasdan qaritadi
Qilgin tasavvurdamas, amalda — baxt kulib boqadi
Eshitmagin nokaslarni, ular faqat kesatadi
Yotib xayol surishmas, hayotni aql bezatadi
Bu poyga — men o'ynagan poyga
Adashma, har kun, har soatda o'rgan
Yechimni beradi siznovni bergan
Faqat men kulamanmi
Bo'ynimda qarz bilan?
Hali ko'p kutamanmi
Baxtni havas bilan?
Chuqur nafas bilan
So'roq va bahs bilan
Qushman qanotsiz — ko'rinmas qafasdaman
Faqat men kulamanmi
Bo'ynimda qarz bilan?
Hali ko'p kutamanmi
Baxtni havas bilan?
Chuqur nafas bilan
So'roq va bahs bilan
Qushman qanotsiz — ko'rinmas qafasdaman
"O'zimman yomon
O'zimman aybdor"
Poyga, pichoqsiz so'ygan
U sotadi, biz olamiz
Vijdonimning ovozini tutun bilan o'chirgani
Written by: Abror Tursunniyozov, Yevgeniy Voyshev
instagramSharePathic_arrow_out