Lyrics
Qaydasan azizim, qora ko’zligim
Sevgilim, yulduzim, shirin so’zligim
Qo’limda senga deb suzilgan sharob
Ko’zlarim yo’lingda, anor yuzligim
Kel, kel, gulyor aytib kel
Yangrasin har yon
Dilrabo kuyingga to’lsin osmon, a-a
Kel, vafo ramzini kuyga solib kel
Dalalar nafasin birga olib kel
Bo’yingdan gurkirab tursin xonamiz
Kel, bahor singari xandon solib kel
Bo’yingdan gurkirab tursin xonamiz
Kel, bahor singari xandon solib kel
Kel, kel, gulyor aytib kel
Yangrasin har yon
Dilrabo kuyingga to’lsin osmon, a-a
Dilrabo kuyingga to’lsin osmon, a-a
Written by: Zahida