Music Video

Featured In

Credits

PERFORMING ARTISTS
Shahriyor
Shahriyor
Performer
Ayap Otegen
Ayap Otegen
Piano
Sherzod Bakhtiyorov
Sherzod Bakhtiyorov
Cello
Aziz Valiev
Aziz Valiev
Violin
COMPOSITION & LYRICS
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Songwriter
PRODUCTION & ENGINEERING
Oliver M Smith
Oliver M Smith
Producer
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Producer
Bruno Ellingham
Bruno Ellingham
Mixing Engineer
Jason Mitchell
Jason Mitchell
Mastering Engineer

Lyrics

...Ona qizim!
Bu dunyoda mendan qolar bahor izim!
Qo’shiqlarim nolasidan ortiq so’zim!
Mening o’zim! Oʻzimdan ham yaxshi o’zim! –
Sen bilmaysan, mening uchun baxtsan, qizim,
Qo’shiq koʻnglim saroyida taxtsan, qizim.
Saratonda bahra olsam – bog’imdirsan,
Dovul yetsa, suyanguvchi tog’imdirsan...
Inson zoti tashvish ichra xasdir behad,
To’fon olam ichra qayda muvozanat?
Kurashasan goh yoz bilan, goh qish bilan,
Tashvish bilan, yonish bilan – ming ish bilan.
Kun o’tadi, yil o’tadi, o’tar zamon...
Ona qizim, katta bo’lib qolding qachon?
Xotiramda, baxt-iqbolga to’lib bag’rim –
Doyalardan olib seni qaytganlarim.
Tug’ruqxona hovlisiga bayram to’ldi,
Moshinalar kapotlari stol bo’ldi.
Baxtli ota to’y qilmoqqa juda usta,
Sharafingga “oling-oling!.. Yoru do’stlar!”
Bahor edi. Yomg’ir edi. Xalqoblar – ko’l!
Egnimiz ho’l, boshimiz ho’l, sochimiz ho’l –
Alyor aytib, yuragimiz qaynagani,
Ha!.. Qorovul oxir bizni haydagani!..
Xotiramda ilk so’zlaring, xotiramda,
U so’zlaring lazzatlari jon-tanimda,
Bola eding – atlas ko’ylak kiygan eding,
Qoshlaringga o’smalar ham qo’ygan eding,
Nogoh senga qaradimu aqlim uchdi!
Voh, qarashing!.. Onajonim esga tushdi!
Bolalikdan mehri to’lib-toshgan, erkam,
Bo’lishgansan konfetni ham otang bilan...
Esingdami suratimni chizganlaring,
Egri-bugri chiziqlarni tizganlaring,
Bu suratga qarab, rosa kulgan edim –
“Men – ayiqqa oʻxshabman-ku, qizim”, dedim...
Oh, u kunlar! Mehring mening shonim edi,
Har kulishing tanimdagi jonim edi.
Vaqt shoshadi yetkazgani kamollarga,
Ana, uchding! Yillar oʻtar shamollarda!
Toʻxtagin, vaqt!.. Ammo buning rivoji yoʻq!
Goʻdak boʻlib qolmogʻingning hech iloji yoʻq.
Iloji yoʻq! Umr seli ketib borar,
Necha-necha dovonlardan oʻtib borar.
Bola mehri ota uchun qanday huzur,
Yana bir zum, shoshma, qalbim yoritib tur!..
Sen oʻylarding, otang – kuchli benihoya!
Otang bormi, xatar senga solmas soya,
U asragay seni har xil balolardan,
Kuchuklardan, shoʻx-sha'n qoʻshni bolalardan.
Murgʻak aqling bilan, chindan ishongansan,
Otang kuchli bu xatarli dunyodan ham.
Ammo nogoh angladimki, qodir Egam
Mening umrim soʻnmasin, deb, seni bergan.
Voh, boshimga qanday qaro kunlar tushdi!
Maishatu bazmlarda yillar uchdi.
Hayot qancha oʻyinini boshga soldi.
Ortiq o’tirib turmoqlikdan yurak toldi.
Yurak, tingla! Yurak! Toʻxtab qolma noxos!
Qizim uchun umrimni choʻz! Choʻz! Iltimos!
Menga qayta hayot bergan, qora koʻzim!
Hayotimni yorugʻ yoʻl solgan oʻzing!
Parvardigor oʻzi – chevar! Oʻzi – mohir!
Bu dunyoda yashash, axir, ogʻir! Ogʻir!..
Charxi davron aylanmoqda ammo ildam,
Ona qizim, ulgʻayganmiz sen ham, men ham.
Sheralining qoʻshigʻini endi oshkor,
Voh, “Birinchi muhabbatim!..” – kuylashim bor.
Inson joni temir emas – anglayapman,
Ba'zan yurak sanchar, belim og’rir ba’zan.
Ogʻriq tutsa, toqatlarim boʻladi toq,
Do’xtirlarga qo’ngʻirog’im endi ko’proq.
“Otam” deysan, meni oʻylab dilporasan,
Moshxoʻrdalar qilib, uyga yuborasan!
Unutmaysan: shu moshxoʻrda – aziz taom –
Baxsh etmogʻin jon-tanimga lazzat-orom.
Nevara ham nasib etgay menga bir kun,
Uni xuddi dunyo kabi qoʻlga olgum.
Kapot-kapot bazmlari endi qayda?
Qorovul ham endi bizni solmas-a haydab.
Mening bilan quvongani doʻstlar koʻpdir,
Ammo ular orasida kimdir yoʻqdir.
Muzaffar-chi (hah, bazmda raqsga tushgan),
Endi u yoʻq... Bu dunyodan mangu uchgan!
Mangu ketgan u aziz doʻst yoʻqlik sari!
Koʻzlarimdan hanuz oqar gʻam yoshlari...
Mana, sening farzandlaring choʻzdilar boʻy,
Nevaralar sharafiga qilamiz toʻy.
Iltijolar etajakman: “Yo, xudo-yo!
Ularga sher shoir qalbin etgin ato!”
Ular yoʻli ravon boʻlsin, nurli boʻlsin!
Farzandlaring har nafasi nurga toʻlsin!
Asta-asta umr shomga ogʻib ketar,
Qizim, vido onlari ham bir kun yetar.
Ammo, bilgin, men yashayman koʻzlaringda,
Yuragingda, shiddatingda, soʻzlaringda.
Tomiringga, axir, koʻchgan mening jonim,
Farzandingu nevarangda oqar qonim.
Bu dunyoda toki borsan – borman men ham.
Xotirangda kezaman – barhayotman.
Har shodligu tashvishingni sezaman men,
Qizim, barcha bayramingda kezaman men.
Koʻz oldimda umringning har manzarasi,
Barhayotdir – yuragimda har lahzasi.
Sening uchun yongandirman, soʻngandirman,
Umidimki, yaxshi ota boʻlgandirman.
Bu dunyoda ota boʻlmoq ogʻir, bolam,
Otang sen deb jon bermoqqa hozir, bolam,
Dilingdan bir gʻashlik kechsa, qizim, oʻchir!
Mendan xato oʻtgan boʻlsa, kechir!.. Kechir!..
Dunyo oʻjar! Ne xohlasa, aylar bajo!
Qaydan bizning barcha orzu boʻlsin barpo?
Ba'zan gʻolib keldim, qizim, ba'zan sindim –
Hayotingni hayotimdan afzal bildim.
Sen borsan-ki, podshohlarday taxtlidirman,
Qizim, umrim, sening bilan baxtlidirman!
Minnatdorman! Minnatdorman!.. Ming minnatdor!
Qizimday bir iqbol berding, Parvardigor!
Yurak! Yurak! Ne bu ogʻriq? Toʻxtama, hay!..
Qizginamning diydoriga toʻyib olay!
Written by: Bakhrom Primkulov
instagramSharePathic_arrow_out