Top Songs By Mashxurbek Yuldashev
Similar Songs
Credits
PERFORMING ARTISTS
Mashxurbek Yuldashev
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Mashxurbek Yuldashev
Songwriter
Lyrics
Olis hayot yo'llarida hamrohim,
Yaxshi-yomon kunlarimga guvohim,
Dardu-alam, sitamlardan panohim,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim.
Olis hayot yo'llarida hamrohim,
Yaxshi-yomon kunlarimga guvohim,
Dardu-alam, sitamlardan panohim,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim.
Ollohim.
Osmonlarga uchar bo'lsam, qanotim,
Nola qilsam, yetarmu senga dodim?
Yalinaman – qanotimni qayirma,
Jondan ayirsang, ayirgil,
Chin do'stimdan ayirma!
Chin do'stimdan ayirma!
Do'stim kelsa, koshonadir kulbam ham,
Do'stim bo'lsa, yiroq yurar mendan g'am.
Mayli, menga bo'lsin hamma dard-alam,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim.
Tangrim, quloq tutgin mening nolamga,
Do'stdan bo'lak kimim ham bor olamda?
Gar jon kerak bo'lsa, olgin tanamdan,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim,
Ollohim.
Osmonlarga uchar bo'lsam, qanotim,
Nola qilsam, yetarmu senga dodim?
Yalinaman – qanotimni qayirma,
Jondan ayirsang, ayirgil,
Chin do'stimdan ayirma!
Written by: Mashxurbek Yuldashev