Similar Songs
Credits
PERFORMING ARTISTS
Shohruhxon
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Shohruhxon
Songwriter
Bobur Umarov
Lyrics
Jasur Badalbayev
Composer
Lyrics
Bir yelkada iymon, birida shayton
Birida haqiqat, birida yolg'on
O'rtada ovvora bechora inson
Kimdur bog' yaratar, kimni qo'li qon
Zo'r bo'lsang yo'linga qo'yishar qopqon
Ey do'stim
Osmonlar bizga boqar sinovlari boqiy, sinovlari boqiy
Axir, biz insonlarmiz, mehmonmiz bu dunyoda, mehmonmiz bu dunyoda
Kimni omad kimni kulfat qarshilar
Pok noming tuhmatga qorar vaxshiylar
Bormisiz qo'l bering, qani yaxshilar?
Hayotning to'sig'u zarbalari ko'p
Yomonning makriyu nag'malari ko'p
Ey do'stim
Osmonlar bizga boqar sinovlari boqiy, sinovlari boqiy
Axir biz insonlarmiz mehmonmiz bu dunyoda, mehmonmiz bu dunyoda
Mehmonmiz bu dunyoda
Mehmonmiz bu dunyoda
Hou, ey
Hou, ey-ey
Written by: Jasur Badalbayev, Shohruhxon