Similar Songs
Credits
PERFORMING ARTISTS
Dildora Niyozova
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Dildora Niyozova
Composer
Lyrics
Dildora Niyozova
Jigarlarim
Sog'inch faqat bolalikka atalganmi?
Diydor esa suratlarga qadalganmi?
Inson faqat ishlash uchun yaralganmi?
Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim.
Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim.
Taskin topib bo'larmikan telefonda?
Bir diydorga nima yetsin bu zamonda?
Har kun bo'lmasada, mayli onda-sonda
Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim.
Har kun bo'lmasada, onda-sonda,
Bir yig'ilib, ko'rishaylik, jigarlarim.
Jigarlarim, oh mening jigarlarim,
Sog'intirganlarim-ey, sog'inganlarim.
Jigarlarim, oh mening jigarlarim,
Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim.
Ota bo'lib, ota qadrin bilayabmiz,
Ona bo'lib – Ona dardin bilayabmiz.
Ular kabi biz ham bugun g'animatmiz,
Keling, tez-tez ko'rishaylik, jigarlarim.
Keling, tez-tez ko'rishaylik, jigarlarim.
Taskin topib bo'larmikan telefonda?
Bir diydorga nima yetsin bu zamonda?
Har kun bo'lmasada, mayli onda-sonda
Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim.
Har kun bo'lmasada, onda-sonda,
Bir yig'ilib, ko'rishaylik, jigarlarim.
Jigarlarim, oh mening jigarlarim,
Sog'intirganlarim-ey, sog'inganlarim.
Jigarlarim, oh mening jigarlarim,
Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim.
Written by: Dildora Niyozova