Music Video

Ulug'bek Rahmatullayev - Layloyimsan | Улугбек Рахматуллаев - Лайлойимсан
Watch Ulug'bek Rahmatullayev - Layloyimsan | Улугбек Рахматуллаев - Лайлойимсан on YouTube

Credits

COMPOSITION & LYRICS
Ulug'bek Rahmatullaev
Ulug'bek Rahmatullaev
Songwriter

Lyrics

Yangrar dilim qo'shig'i
Menman gulim oshig'i
Edim muhabbat xastasi
Nafasim dard guldastasi
Oshiqman
Sho'x eding, beg'am edim
Dard eding alam edim
Kuyingda men sado edim
Ko'yingda men ado edim
Layloyimsan, daryoyimsan
Orzuyimda ro'yoyimsan
Yuragim sof havosi sen
Oshufta qalb navosi sen
Men oshig'ing, majnuningman
Ham umrbod maftuningman
Majnun-u Layli bexabar
Kezadurman, oh darbadar
Mast-u, parishon-u, xarob
Har orzuim bo'lib sarob
Shoyadki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muhabbat
Bo'lib ishq ovorasi
Sevgidan qalbim porasi
Eding saodat shodasi
Beg'ubor ko'ngil bodasi
Oshiqman
Moh eding, osmon edim
Gul eding, bo'ston edim
Kuyingda men sado edim
Ko'yingda men ado edim
Layloyimsan, daryoyimsan
Orzuyimda ro'yoyimsan
Yuragim sof havosi sen
Oshufta qalb navosi sen
Men oshig'ing, majnuningman
Ham umrbod maftuningman
Majnun-u Layli bexabar
Kezadurman, oh darbadar
Mast-u, parishon-u, xarob
Har orzuim bo'lib sarob
Shoyadki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muhabbat
Written by: Ulug'bek Rahmatullaev
instagramSharePathic_arrow_out