Similar Songs
Credits
PERFORMING ARTISTS
Sherali Jo'rayev
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Sherali Jo'rayev
Composer
Lyrics
Yodingdami yoshligimiz
Beqaror, beboshligimiz?
Yodingdami yoshligimiz
Beqaror, beboshligimiz?
To'ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz
To'ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz
Qo'l teksa, titrab qo'ling
Balog'at to'sgach yo'ling
Qo'l teksa, titrab qo'ling
Balog'at to'sgach yo'ling
Aylanmay so'zga tiling
Qayrilma qoshligimiz
Aylanmay so'zga tiling
Qayrilma qoshligimiz
Ilk bora yorni quchib
Lablardan labbol ichib
Ilk bora yorni quchib
Lablardan labbol ichib
Bu olamdan voz kechib
Bo'salar taloshligimiz
Daryodek yillar o'tar
Yosh ketib, pirlik yetar
Lek ba'zan qo'msab ketar
Beqaror yoshligimiz
Lek ba'zan qo'msab ketar
Beqaror yoshligimiz
Bahor bu yozdan nishon
Yoz kelsa – kuzdan nishon
Bahor bu yozdan nishon
Yoz kelsa – kuzdan nishon
O'g'il-qizda qaytar, ishon
Baxtiyor yoshligimiz
O'g'il-qizda qaytar, ishon
Baxtiyor yoshligimiz
Yodingdami yoshligimiz
Beqaror, beboshligimiz?
Yodingdami yoshligimiz
Beqaror, beboshligimiz?
To'ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz
To'ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz
Yoshligimiz... Beboshligimiz
Writer(s): Sherali Jo'rayev
Lyrics powered by www.musixmatch.com